Patsimon bulut
Patsimon bulut – bulutlarning xalqaro klassifikatsiyasidagi o`n xil bulutning biri – Cirrus (ci). Uzun cho`zilgan patlar shaklida bo`ladi. Muz kristallchalaridan iborat. Troposferaning yuqori qismida juda past haroratda vujudga keladi. Ba’zi patsimon bulutlar atmosfera fronti yaqinlashayotganda front yuzasi bo`ylab yuqoriga ko`tarilayotgan iliq havodan hosil bo`ladi. Bunday patsimon bulut atmosfera fronti darakchisidir. Bunday bulutlar g`arb tomonda go`yo bir nuqtadan chiqib kelayotganga o`xshaydi.