Paulo Koelo

Paulo Koelo (1947, Rio-de- Janeyro) — Braziliya yozuvchisi. Jur- nalistika b-n shu-g’ullangan, teatr re- jissurasi va dramaturgiya sohasida ham o’zini sinab ko’rgan. Portugal tilida ijod qilgan. Dastlabki romani “ibo- dat” (1987). “Alximik” (1988) romani mashhur. Romanda inson qudratiga, uning kelajagiga ishonch tuygusi aks etgan. P. “Brida” (1990), “Valkirilar” (1992), kundaliklar asosida yozilgan “maktub” (1994), “Pedra daryosi sohilida o’tirib ko’z yosh to’kardim” (1994), “beshinchi tog'” (1996), “yorug’lik jangchisi kitobi” (1997), “Payg’ambarning ishqiy maktu- blari” (1997), “Veronika o’lishga qaror qildi” (1998), “Iblis va Senorita Prim” (2000), “Otalar, o’g’illar va bo- bolar” (2001) asarlari muallifi. Ular orasida “beshinchi tog'” romani alohida o’rin tutadi, unda yozuvchi “Alximik” romani mavzusini rivojlantirgan. Ro- man Ilyos payg’ambar hayoti haqida. P. mavjud diniy rivoyatni inson ishonch- e’tiqodining sinovi to’g’risidagi g’aroyib asarga aylantirgan. “Alximik” va “beshinchi tog'” romanlari uzbek tili- ga tarjima qilingan.