Paxta moyi

Paxta moyi — chigitni presslab yoki erituvchilar bilan ekstraktsiyalab olinadigan moy. Toza Paxta moyi ko’pgina organik erituvchilarda eriydi, och sariq shaffof suyuqlik, yarim quriydigan moylar guruhiga kiradi. Paxta moyi trigli-tseridlari tarkibiga, asosan, to’yinmagan yog’ kislotalar: linol (41,7— 53,69%), olein (23,0—35,2%), to’yingan kislotalar: palmitin (19,6— 23,4%) araxin (0,1— 0,7%), stearin (1,9—2,7%), miristin (0,3—2,0%) kiradi. Paxta moyining zichligi 905-930 kg/m3, nur sindirish koeffitsienti 1,472— 1,477, yod soni 102-111, sovunlanish soni 191 — 199. Paxta moyi tabiiy hamda gidrogenlangan holda margarin, iste’mol qilinadigan yog’lar, sovun, alif moy va boshqalar tayyorlashda ishlatiladi.