Paxtaobod

Paxtaobod — Sirdaryo viloyati Sharof Rashidov tumanidagi shaharcha (1984 yildan). Tuman markazi. Viloyat Markazi (Guliston shahri) dan 95 kilometr, yaqin temir yo’l stantsiyasi — Paxtakor (25 kilometr). Aholisi 12,2 ming kishi (2000). Paxtaobodda tuman hokimiyati binosi, ma’muriy muassasalar, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, aloqa bo’limi, umumiy ta’lim maktablari, musika maktabi, kasb-hunar kolleji, Markaziy kutubxona, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bog’i, stadion, Markaziy kasalxona, poliklinika, dorixona, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud. Paxtaobod — Guliston yo’nalishida avtobuslar qatnaydi.