Paypaslagichlilar

Paypaslagichlilar (Tentaculata) — dengiz va chuchuk suvda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar tipi. Tselomik hayvonlarning mustaqil guruhi hisoblanadi. O’troq hayot kechiradi. Bilateral simmetriyali; tselomik gavda bo’shlig’i uncha aniq bo’lmagan 3 ta segmentga bo’linadi. Og’izoldi paypaslagichlari yaxshi rivojlangan. Ichagi ilmoqsimon, anal teshigi orqa tomonda og’iz teshigi yaqinida joylashgan. Ayirish organlari —1—2 juft metanefridiylar. Qon aylanish sistemasi rivojlangan. Jinsiy bezlari tselomda joylashgan. Lichinkasi halqali chuvalchanglar troxofarasiga uxshash. Foronidlar, mshankalar va yelkaoyoqlilar sinflariga ajratiladi. 4,5 mingga yaqin turi ma’lum. Ko’pchiligini (4000) mshankalar tashkil etadi. Katta amaliy ahamiyatga ega emas. Ba’zan suv o’tkazadigan quvurlarni to’sib qo’yib, katta zarar keltirishi mumkin.