PEDIATRIYA INSTITUTI

PEDIATRIYA INSTITUTI – O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saklash vazirligiga karashli i.t. muas- sasasi. 1927 y.da Toshkent sh.da tashkil etilgan. Dastlab onalik va bolalikni mu-hofaza qilish i.t. instituta deb nom- langan. Toshti da pediatriya f-ti tash- kil qilinishi tufayli 1940 y.da yopilib, 1966 y.da qayta tashkil etilgan. 1969 y.dan shu nomda. In-tda 300 o’rinli klinika (bola- lar uchun 150 o’rin, akusherlik va gi- nekologik bemorlar uchun 150 o’rin), 7 klinik bo’lim (allergologiya, gastroente- rologiya, pulmonologiya, chala tu-g’ilgan bolalar, 1 yoshgacha bo’lgan go’daklar ka- salliklari, akusherlikginekologiya, te- rapiya), lab.lar, dorixona, kutubona bor (2003). 1972-80 y.larda in-t va klini- kasi tarkibida O’zbekistonda bolalar allergologiya markazi, 1980-89 y.larda bolalar pulmonologiya markazi, 1990— 96 y.larda bolalar gepatologiya markazi ishlab turdi. 1974 y.da akusherlik va gi- nekologiya bo’li-mi negizida O’zbekiston akusherlik va ginekologiya i.t. instituta tashkil topdi. 1976 y.da bolasi b-n yot- gan onalarni sog’lomlashtirish uchun 60 o’rinli terapiya bo’limi ochildi. 1983 y.da 2 suv havzasi bo’lgan 30 o’rinli shi- fobaxsh fizkultura va vrach nazorati bo’limi, 30 o’rinli tashhis qo’yish bo’limi hamda 300 qatnovga mo’ljallangan maslahat-diagnostika poliklinikasi ishga tushdi. 1995 y.dan ona suti b-n ovqatlan-tirishni rag’batlantirish Mar- kazi ishlab turibdi. In-tda 1997 y.da diareya va o’tkir respirator kasalliklar infektsiyasiga qarshi kurash markazi, 1999 y.da reproduktiv yoshdagi ayollarni sog’lomlashtirish markazi ochildi. In-t xodimlaridan 19 fan D-ri, 112 fan nom- zodi etishib chiqdi. In-tda 38 ilmiy ishlar to’plami, 23 monografiya, 300 dan ortiq metodik qo’llagmalar nashr etil- Di. Dilbar Mahmudova.