Pedogenez

Pedogenez (Yun. paidos — bola va …Ge-nez) — partenogenez shakllaridan biri, bir qancha umurtqasiz hayvonlar lichin-kasida urug’lanmagan tuxum hujayradan yangi naslning rivojla- nishi. P.ni rus zoologi N. P. Vagner (1862) yong’oqyasarlar oilasiga mansub 2 qanotli hasharotlarda kashf etgan. Yong’oqyasarlarning tuxumidan chikdan lichinka tanasi ichida pedogenetik li- chinka rivojlanadi. Lichinka dastlab ona lichinka to’qimalari b-n endoparazit oziklanadi; keyinroq uning kutikula- sini yorib chiqib, erkin yashashga o’tadi. Bu hodisa bir necha marta takrorlanib, pedogenetik lichin-kaning bir necha na- eli rivojlanadi. Shundan so’ng meta- morfozni tugatib, voyaga etgan erkak va urg’ochiga aylanadigan lichinka paydo bo’ladi. Urug’langan tuxumdan yana pedo- genetik lichinkaning 1-nael i vujudga keladi. P. — passiv tarqaladigan, vo- yaga etgan davrida kam pushtli bo’lgan organizmlar uchun individlar sonini keskin oshirishga moslanishdan iborat. Ayrim qo’ng’izlarda tirik tug’adigan va tuxum qo’yadigan pedogenetik lichinkalar bo’ladi.