Pekin karami

Pekin karami (Brassica pekinensis) — karamguldoshlar oilasiga mansub bir yillik sabzavot ekini. Vata- ni — Xitoy va Yaponiya. P.k.ning bandi yo’q. Bargi asoslari ildizga yaqin joyda qisman zich joylashgan. Karam boshlari uz. 30-45 sm, diametri 8-10 sm. Barg uz. 30-60 sm, qirralari to’lqinsimon, barg shapalogi mayin. Rangi och yashil, bir oz tukli. P.k. iliq ob-havoli, yog’ingarchilik ko’p erlarda yaxshi usadi. P.k. ertapishar Pekin karami, o’simlik. Urug’dan unib chiqqach, 18-25 kunda barglarini iste’- mol qilish mumkin, 40-45 kunda bar- glari, 50-60 kunda karamboshi pishadi. Barg tarkibida 75 — 80 mg% vitamin S, 6,1-8,6 % quruq moddalar, 1— 1,5% qand bor. Tuzlanadi, marinadla-nadi, konservalar tayyorlanadi. O’zbekistonda yozning 2yarmida ekiladi. Hosildorligi 200— 300 ts/ga. P.k. issiqxonalarda ham ko’p o’stiriladi, hosildorligi har m2 da 4-7 kg ni tashkil etadi. O’zbekistonda P.k.ning Xibinskaya navi ekiladi. Dilorom Yormatova.