Pekker Yan Borisovich

Pekker Yan Borisovich (1906.4.9, Astraxon — 1993.12.12, Toshkent) — musiqashunos, pedagog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1956). Moskva konservatoriyasini tugatgach (1936), O’zbekiston radio qo’mitasida musiqa eshittirishlar direktori (1936-41), O’zbek davlat filarmoniyasida badiiy rahbar (1944-48). Ayni paytda Toshkent konservatoriyasida o’qituvchi (1936 yildan), kafedra mudiri (1951-60), professor (1971 yildan). Asarlari O’zbekiston kompozitorlik musiqa madaniyati (“V.A.Uspenskiy”, 2-nashri, 1959; “G.A.Mushel”, 1966), shuningdek, o’zbek operasi rivoji (“O’zbek operasi”, 2-nashri, 1984) masalalariga bag’ishlangan.