Pektin moddalari

Pektin moddalari, pektinlar (Yun. pektos — birikkan, qovushgan, muz- lagan) — barcha quruqlik o’simliklari va bir qator suvo’tlar tarkibidagi eriy- digan (eriydigan pektin) va erimaydi- gan (protopektin) yuqori mo-lekulali polisaxaridlar. P.m. mevalar va reza- vor-mevalar, kanop poyasi, qand lavlagi tarkibida ayniqsa ko’p bo’ladi. Kimyoviy tabiatiga ko’ra tarmoqlanmagan poliga- lakturanidlar — galakturan kislota po- limerlaridan iborat. P.m.ning tarkibi- ga neytral monosaxaridlar — galaktoza, ramnoza, arabino-za, ksiloza ham kiradi. P.m. 4 guruhga: pektokislotalar, pektin kislotalar, pektinlar va propektinlar- ga bo’linadi. Shulardan pektinlarning ahamiyati mu-him. Pektinlar tsitrus me- valari, olma va tarvuzdan olinadi. P.m. oziq-ovqat sanoatida jem, jele, meva konservantlari va b. tayyorlashda ishla- tiladi.