Pemza

Pemza (lot. pumex — g’ovak) — nor-don vulkan shishasinnng serg’ovak (g’ovakligi 60-70%dan baland) turi. Tarkibida ko’pincha boshqa turli kri- stalli donachalar (plagioklaz, kvars, piroksen va b.) qo’shilgan bo’ladi. Struk- turasi kichik va katta govaklilarga, teksturasi esa tolali, uyali, ko’pikli, qavariqlilarga ajratiladi. Tarkibida FeO va Fe2O3 miqdoriga qarab rangi oq va zangoridan sariq, to’q qizil, qoragacha o’zgaruvchan bo’ladi. Qattiqligi 5-6,5, zichligi 2000-2300 kg/m3, hajmiy og’irligi 400-900 kg/m3. Kimyoviy jihatdan inert, o’tga chidamli, 1300— 1400° t-Rada yumshaydi. P. yog’och, tosh va me-tallarga abraziv ishlov berishda, kimyo sanoatida filtr va kataliza-tor- lar tayyorlashda, neftni qayta ishlash sanoatida, nitrogliserinli portlovchi moddalar sezgirligini oshirish uchun qo’shimcha sifatida, shisha va yaltiroq bo’yoqlar i.ch.da qo’llaniladi.