Pensiyalar
Pensiyalar (lot. pensio — to’lov) — fuqarolarga davlat yoki boshqa sub’- ektlar tomonidan qonunda belgilangan hollarda muntazam va, odatda, umr-bod to’lanadigan to’lovlar. Ijtimoiy ta’mi- not shakli hisoblanadi. O’zbekiston Re- spublikasi Konstitusiyasining 39mod- dasiga binoan, “har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuning- dek, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa xrllar- da ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”dir. P., nafaqalar, ijtimoiy yor- dam boshqa turlarining miqsori ras- man belgilab qo’yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas. Pensiya ta’minoti masa- lalari O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’mi- noti to’g’risida” qonuni (1993 y. 3 sent.) b-n belgilangan. Uzr da doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar, basharti davlatla- raro bitimlar (shartnomalar)da o’zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zR fuqarolari b-n teng ravishda P. Olish huquqiga egadirlar. Harbiy xizmatchi- lar, shuningdek, ichki ishlar organlari boshliqlari va oddiy xodimlar tarki- bidan bo’lgan shaxslarni hamda ular- ning oila a’zolarini P. b-n ta’minlash shartlari, normalari va tar-tibi uzr qonun hujjatlari b-n belgilanadi. Ayni vaqtda ularga “fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonun asosida pensiya olish huquqi ham beriladi. P.ning turli xillarini olish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarga ular- ning tanlashiga qarab bitta pensiya tay- inlanadi. P.ning 3 xil turi mavjud: yoshga doir P.; nogironlik P.i; boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi. Yoshga doir P., o’z navbatida, 2 xil bo’ladi: umu-miy asoslarda tayinlanadigan va im-tiyozli asoslarda tayinlanadigan P. Umumiy asoslarda tayinlanadigan yoshga doir P. — erkaklar 60 yoshga to’lganda va kamida 25 i. mehnat stajiga ega bo’lganda, ayol- lar 55 yoshga to’lganda va kamida 20 yil- lik mehnat stajiga ega bo’lganda tayin- lanadigan P.dir. Bolalarni tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratish hamda ayollar- ning o’z mehnatidan manfaatdorligini oshirish maqsadida uzr ning “xotin- qizlarga qo’shimcha imtiyozlar to’g’risida” (1999 i. 14 apr.) dagi qonuniga asosan, kamida 20 yillik mehnat stajiga ega bo’lgan ayollar 54 yoshda pensiyaga chiqib, to’liq pensiya olishlari mumkin. Bu qonun 1999 y. 1 iyuldan kuchga kirgan. Uzr Vazirlar Mahkamasining 1994 y. 12 maydagi 250sonli qarori b-n tas- diklangan 1, 2, 3 ro’yxatlarga muvofiq, fuqarolarning ayrim toifalari im- tiyozli asoslarda tayinlanadigan yoshga doir P. olish huquqiga ega bo’ladilar. Mac, ayrim toifa fuqarolar, yoshidan kat’i nazar, yoshga doir pensiyaga chiqishi yoki 10 yilga, boshqalari, uchun pensiya yoshi, talab etiladigan mehnat staji 5 y.ga qisqartirilgan, ba’zi guruh shax- slar uchun yanada imti-yozliroq shartlar belgilangandir (liliputlar va pakana- lar uchun). Krnunda xodimlarning soni qisqartirilishi va korxonalar, muassa- Salar, tashkilotlar tugatilishi muno- sabati b-n ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar (erkaklar -58 yoshga to’lganida va mehnat staji ka- mida 25 yil bo’lganida; ayollar -53 yoshga to’lganda va mehnat staji kamida 20 yil bo’lganda) P. olish huquqiga ega bo’lishi ko’rsatilgan. Yoshga doir P. ishlamaydigan pensi- onerlarga ular istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan to’liq miqdorda to’lanadi. Ishlab turgan pensionerlarga ularning ish joyida qonun xujjatlarida belgi- langan tartibda to’lanadi. Qoidaga ko’ra, ishlayotgan pensionerlarga yoshga doir P.ning 50% miqdorida to’lanadi. Bun- dan istisno tariqasida ayrim toifa xo- dimlarga yoshga doir P. to’liq mikdorda to’lanadi. Uzr Pre-zidentining “xotin- qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tad- birlar to’g’risi-da”gi farmoni (1999 y. 17 mart)ga muvofiq, yoshga doir pen- siyaga chiqqandan keyin o’rta va kichik tibbiyot xodimlari, provizorlar, no- giron bolalarning internat uylari, “Mehribonlik” uylaridagi tarbiyachi- lar, shuningdek, kutubxonachilar sifati- da ishni davom ettirayotgan va pensiyaga chiqish oldidan mazkur mutaxassisli- klar bo’yicha kamida 10 yil stajga ega bo’lgan ayollarga 1999 y. 1 iyuldan boshlab P. to’liq mikdorda to’lanadi. Nogironlik P.i mehnat qobiliyatini amalda uzok, muddatga yoki bu-tunlay yo’qotish (nogironlik) munosabati b-n tayinlanadi. Nogironlik P.i nogiron- lik qachon boshlanganidan: ish davridami, ishga kirguncha yoki ishni to’xtatgandan keyinmi, bundam qat’i nazar, quyidagi shaxslarga tayinlanadi: mulkchilik shak- li, xo’jalik yuritish usuli va turidan qat’i nazar, korxonalarda, mu-assasalar, tashkilotlarda mehnat shartnomasi aso- sida ishlayotgan xo-dimlarga; jamoa, kooperativ, AK-tsiyadorlik, jamoa kor- xonalari a’zosi bo’lgan xrlda u erda mehnat qilgan shaxslarga; qarbiy xiz- matchilarga; byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasip belgilangan badallarni Mun-tazam to’lab kelgan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga, dehqon xo’jaligi a’zo- lariga; pensiya jamg’armasiga tegishli badallar to’langani holda ij-timoiy davlat sug’urtasi b-n sugurtalanmagan bo’lsada, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti Xu-susida xodimlar- ga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga. Qonunga muvofiq, nogironlik pensiyasi mehnatda ma-yib bo’lgan yoxud kasb ka- salligiga chalinganda meqnat stajidan qat’i nazar to’lanadi. Umumiy kasal- lik tufayli nogiron bo’lib qolganda nogironlik pensiyalari tayinlash uchun muayyan umumiy mehnat staji talab etiladi. “Fuqarolarning davlat pen- siya ta’minoti to’g’risida”gi qonunning 17moddasida ana shu mehnat stajlari ko’rsatib o’tilgan. Ushbu konunga bino- an, 20 yoshga to’lgunga qadar umumiy ka- sallik tufayli ish davrida yoki ishlash to’xtatilgandan keyin nogiron bo’lib qolgan shaxslarga P. mehnat stajidan qat’i nazar tayinlanadi. Pensiyani tay- inlash O’zR Vazirlar Maqkamasining 1994 y. 11 maydagi 249qarori b-n tas- diklangan “pensiyalar tayinlash uchun zarur bo’lgan qujjatlarni takdim etish va rasmiylashtirish sharti to’g’risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Boquvchisini yo’qotganlik P.i — pensiya jamg’armasi mablag’i hisobidan xar oyda beriladigan to’lovlardan iborat bo’lib, uning mikdori vafot etgan boquvchining ish xakiga, uning qaramog’ida bo’lib kelgan meh-natga krbiliyatsiz oila a’zolari soniga bog’liqdir. Bularga daxldor masalalar “Fukarolarning davlat pensiya ta’mi- noti to’g’risida”gi qonunda ko’rsatilgan (19, 20moddalar). Er (xotin)ning va- FOT etganligi sababli tayinlangan boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi pensioner boshqa nikohga kirganda ham saqlab qoli-nadi. Biroq yangi nikoqga kirgandan keyin pensiya tayinlash uchun muro-jaat qilinsa, pensiya tayinlan- maydi. Mehnatga qobiliyatsiz, ya’ni 60 va 55 yoshga kirgan yoki nogiron bo’lgan buva va buvilar, agar qonunga muvo-fiq, ularni boqishi shart bo’lgan kishilari bo’lmasa, boquvchisini yo’qotganlik pen- siyasini olish huquqiga ega bo’ladilar. Qonunda P. ni tayinlash, xiso- Blash, qayta hisoblash va to’lash tartibi ko’rsatib o’tilgan. P. miqdori mehnat staji muddatiga bog’liq bo’lib, u: pensi- yaningtayanch mikdori; mehnat staji uchun pensiyaning oshirilgan qis-mi; pensiya- ga qo’shiladigan ustama haqlardan tash- kil topadi. Qonunga muvofiq, P. Tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tayinlanadi. Pensiya tayin- lash to’g’risidagi hujjatlar ular tushgan kundan e’ti-boran 10 kundan kechiktir- may ko’rib chiqiladi. Yoshga doyr pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo bo’lgan kundan boshlab 3 oy ichida uni so’rab murojaat etilgan bo’lsa, pensiya yoshiga to’lgan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi. No- gironlik pensiyasi — agar nogironlik belgilangan kundan boshlab 3 oy ichida pensiya so’rab murojaat etilgan bo’lsa, Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgi- langan kundan e’tiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun, 60 yoshdan oshgan erkak va 55 yosh- dan oshgan ayol nogironlarga — umrbod tayinlanadi. Pensioner nogironlarni kayta tib-biy ko’rikdan o’tkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshi- riladi. Boquvchisini yo’qotganlik P.i — pensiya olish huquqi paydo bo’lgan kun- dan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan muddatdan e’tiboran tayinla- nadi. Pensiya Mar-humning oila a’zosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun: oilaning erkaklar -60 yoshga, ayollar -55 yoshga to’lgan a’zolari uchun esa umrbod tayinlanadi. Ad.: “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga sharhlar, T., 1995; O’zbekiston Respublikasi- ning imtiyozli pensiya ta’minoti va mehnatni muhofaza qilish bo’yicha nor- mativ hujjatlari, T., 2000; O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, T., 2000. Anvar Inoyatov.