Periskop nima?
Periskop — suvosti kemalari uchun g’oyatda zarur ko’rish asbobidir. Kema yarim tanasi bilan suvga cho’kib turgan holatlarda suv ustida qaqqayib turadigan periskop trubasi orqali kuzatish olib beriladi. Bu xususiyat — kuzatuvchining ko’zga ko’rinmasligi — alohida muhim ahamiyatlidir. Xuddi shu maqsad uchun ham periskop asbobi yaratilgan. Quruqlikda periskop turli xil istehkomlardan kuzatuv olib borish uchun qo’llaniladi: jangchi dushmanning bevosita zarbasiga uchramasligi uchun blindajdan, yerto’ladan, okopdan kuzatuv olib boradi. Tanklar, bronetransportyorlar ham periskop bilan jihozlangan. Namoyishlar va xalq sayillari paytida olomonni bosh tarafdan kuzatish uchun ham periskop qo’l keladi. Takomillashtirilgan periskop, xuddi durbinga o’xshab, manzarani kattaroq hajmda ko’rsata oladi. Ularni “durbinli ko’zoynak” deb ham atash mumkin. Suvosti kemalarida qo’llaniladigan periskoplarda esa ko’zgular tizimi linza va ko’rinishni o’zida aks ettiruvchi prizmalarga almashtirilgan.