Perlitli beton

Perlitli beton – yengil beton, bo’rttirilgan perlit to’ldiruvchi sifatida xizmat qiladi. Tsement, ohak, gips, eritilgan shisha, sintetik smola perlitli betonni tayyorlashda bog’lovchi sifatida qo’llanadi. Perlitli betonda, asosan, issiqlik izolyatsiyalovchi (kam hollarda, qurilish va issiqlik izolyatsiyasi) material sifatida foydalanishadi.