PERO DELLA FRANCHESKA
PERO DELLA FRANCHESKA (Piero della Francesca) (taxm. 1420 — to- skana — 1492) — italyan rassomi, san’- at nazariyotchisi, Umbriya maktabining yirik namoyandasi. P.D.F. ijodiga ob- razlarning ulug’vorligi, shakllarning hajmdorligi, koloritning shaffof- ligi, makonni tadrijiy perspektiva- li qurilishi kabi badiiy xususiyatlar xos; asarlari rangdor va serjilva, nur- ga boyligi b-n ajralib turadi. P.D.F. Aressodagi San-Franchesko Cher-kovi devorlariga ishlagan freskalar turku- mi diqqatga sazovor (“imperator kon- stantinning tushi” va b., 1452— 66), “Isoning cho’qintirilishi” (1450-55), “Federigo da Montefel-tro portreta” (1465) va b. P.D.F. san’atning nazariy masalalariga bag’ishlangan asarlar ham yaratdi (“rangtas-VIRda perspektiva” va b.). Rassom ijo-Di Italiya Uyg’onish dav- riga asos yaratdi hamda Venesiya va Flo- rentsiya rangtasvir maktablarining shak- llanishida muhim o’rin egalladi.