Peronosporali zamburug’lar

Peronosporali zamburug’lar (Peronosporales) — fikomisetlar sin-figa mansub zamburug’lar tartibi. Ko’pchiligi q.x. o’simliklarining paraziti hisoblanadi. Mas, un-shudring, kul tushish kabi ka- salliklarni qo’zg’atadi. P.z.ning tuban vakillari saprofit bo’lib, tuprokda va o’simlik qoldiklarida yashaydi. Aksari P.e. jinssiz-ko-nidiyalari b-n, ba’zila- ri jinsiy — oogamiya yo’li b-n ko’payadi. Miseliy, anteridiy, oogoniy va ooniy- da urug’langandan keyin rivojlanadi- gan oosporalar o’simlik to’qimalarida, saprofitlari esa substratning ichida joylasha-Di; jinssiz rivojlanish or- ganlari barg og’izchasi yoki epidermis yoriqchasidan tashqariga chiqadi.