Perspektiva

Perspektiva (lot. perspicio — aniq ko’raman) — 1) mavjud borliqni inson idrok etganidek biror tekis yuza (qog’oz, taxta, devor va b.) da fazoviy holati va ularning bo’laklarini kuza- tish nuqtasidan uzokdashuvini tasvir- lash tizimi. Realistik tasviriy san’at- ning asosini tashkil qiladi. Real jism (buyum)larning makondagi turli holat va ko’rinishining tuzilishi, hajmining o’ziga xos belgilarini to’g’ri tasviri- ni yaratish imkonini chiziqli P. bersa, xavo (rang) P. jism (buyum)larning ku- zatish nuqtasidan uzoklashib borishi natijasida rangi va chegaralarining o’zgarishini to’g’ri va ishonarli tasvi- rini ishlashga xizmat qiladi. Rassom- lik san’atida kuzatish P.si ishlatila- Di. Voqelikni as-boblarsiz kuz qanday kursa, shunday qilib qo’lda chizishga asoslanadi. Yana “teskari P.”iborasi bo’lib, unda Real borliqni noto’g’ri tas- virlash, ya’ni uzokdagi buyumlarni katta qilib ishlash (P. qonunlariga e’tibor bermay ishlash) ma’nosini anglatadi. Buni ikona san’atida ko’rish mumkin. Yuno-niston (Evklid risolasi, mil.AV. 3-a.) va qad. Rim (mil. AV. 1-a. me’mor va na-zariyotchilari) da P.ga oid qimmatli fiqolar bayon qilingan. Uyg’onish dav- ridagina P. ilmiy asosda o’rganila boshlandi. Paolo Uchchello, Leonardo da Vinchi, A. Dyurerlar P. rivojiga kata hissa qo’shdilar; 2) odamning narsalarni ko’rib idrok etishiga mos ra-vishda ular- ni tekislikda tasvirlash usuli. Me’- morlikda, qurilishda loyihalarni chi- zishda, narsalarning aksonometriyasinn yaratishda, quriladigan bino, inshoot yoki yasaladigan buyumni tabiiy holda tas- virlashda foydalaniladi. P. biror bir nuqtada tutashadigan chiziqdar (nurlar) yorda-mida hosil qilinadi; 3) chiziqdi P. — fazoviy shakllarni tekislikda Mar- kaziy proektsiya yordamida tasvirlash usu- li. Bunda fazodagi R nuqta (rasmga q.) te- kislikda or to’g’ri chiziqning tekislik b-n kesishish nuqtasi bo’lgan R’nuktaga proektsiyalanadi (o nuqta — P. markazi); 4) havo P.si narsa (buyum) muayyan maso- fadan kuzatilganda rangi o’zgarishi va kiyofasidagi anikdik bu-zilishini ifo- dalaydi; 5) kelajak uchun tuziladigan reja.