Peshanaband

Peshanaband, peshanabog’ — 1) ayollar boshiga, peshanasiga bog’laydigan, tang’ib o’raladigan kichik ro’mol. Peshanani, peshanadagi sochlarni berkitib turadi. Peshanaband ustidan katta (oq doka, oyim doka yoki shol) ro’mol o’raladi. Ba’zan keksa ayollar katta oq ro’molni o’rab, uning ustidan Peshanaband bog’laydilar; 2) ro’mol ustidan peshanaga bog’lanadigan bog’ich. Zardo’zi va boshqa usullarda kashta tikib bezatiladi. 19-asr oxirlarida tayyorlangan nafis bezakli Peshanaband namunalari Respublika muzeylarida saqlanadi.