PESHAVEZ

PESHAVEZ (fors. — old osilchoq) — ayollar taqinchog’i. Ayollar ko’ylagining kashtali jiyaklar tutib bezatilgan old o’yig’iga taqiladi. Shakli: tilla hal berilgan kumush qubbacha va unga osil- gan shokilalardan tuzilgan. Qubbacha bosma yoki kandakori usulida yaproqlar, gul, g’uncha kabi o’simliksimon naqshlar b-n bezatilgan, ba’zan gullar orasiga Feruza ko’zlar qadalgan, qubbachaning pastki chetlari Feruza ko’zlar qatori b-n hoshiyalangan. P.ning quyi qismiga ko’plab uzun zanjirli shokilalar osil- gan; marjonli shokilalar orasida mo”jaz tozalik asboblari — tirnoq, quloq, tish tozalagichlar, surma-don, ko’zga surma Su-radigan cho’p, atir- don, mo’ychinak va b. buyumlar ham bor. Har bir osilgan buyum bosma usulida naqshlar, Feruza gullar, marjon Mun- choklar va zig’iraklar b-n ziynatlangan. P.ning birmuncha sodda turi naqshlangan to’g’nog’ich yoki uzuk (halka)dan iborat bo’lib, zaruriy ashyolar unga osilgan (P. chorabzal deb atalgan). P. bezagida emal kam ishlatilgan. 19-a. oxirida urfdan qolgan. Respublika muzeylarida P. na- mu-nalari saqlanadi. 20-a. oxiridan zargarlar ijodlarida P. shakl va unsur- larini qullab zamonaviy taqinchoklar yaratmoqda.