Peshkash
Peshkash-forscha so’z bo’lib sovg’a, tortiq degan ma’noni anglatadi. Bu XV-XVI asrlarda ko’chmanchi urug’larning yirik amaldorlari tomonidan o’z xonliga katta g’alabalar sharofati bilan qiladigan sovg’a bo’lgan. Peshkash asosan chorva, ov qushlari, qimmatbaho kiyimlar, naqd pul, javohir kabilardan iborat bo’lgan. Ba’zan noyob kitoblar ham peshkash qilingan.