Peshtoq (portal)

Peshtoq (portal) – 1) bino fasadida arxitekturaviy ajratilgan kirish joyi; 2) hashamatli binoning me’moriy bezatilgan asosiy kirish qismi; 3) dastgoh, ko’tarma kran va shu kabilarning harakatlanuvchi qismi, P harfi shaklidagi rom; 4) madrasa, masjid kabi hashamatli binolarning kirish qismidagi usti baland ko’tarilgan, ravoqli serhasham qismi. Peshtoq binolar kompozitsiyasida katta o’rin egallaydi, ulaga mahobat, go’zallik bag’ishlaydi; koshin, kesma parchinlar bilan girih, islimiy naqshlar ishlanadi.