Pestalossi Iogann Genrix
Pestalossi Iogann Genrix (1746.12.1, Syurix – 1827.17.2, Brugg) — shveytsariyalik pedagog, boshlang’ich ta’lim nazariyasi asoschisi. Karolinum kollegiumining ikki kursini tugat- gan. Neyxofda “kambag’allar uchun mu- assasa”, Stans sh.da etimxona, Burgdorf va Iverdonda in-tlar ochgan va ularga rahbarlik qilgan. P. fikricha, tarbiya- ning maqsa-Di insonlarning barcha ta- biiy kuchlari va qobiliyatlarini har tomonlama va uyg’un o’stirishdan iborat. Uning elementar ma’lumot nazariyasiga ko’ra, tarbiyalash oddiy elementlardan boshlanib, asta-sekin murakkabroq da- rajaga ko’tarilib borishi kerak. P. bo- lalarga ilk bor hisob, o’lchash va nutqni o’rgatish me-todikasini ishlab chikdi, boshlang’ich ta’limga geom., geogr., rasm solish, ashula, gimnastikadan oddiy ma’- lumotlarni kiritib, uning mazmunini kengaytirdi. Asosiy asarlari: “Lin- gard va Gertruda” (1781-87), “Oqqush qo’shig’i” (1826), “Gertruda o’z bolalari- ni qanday qilib o’qitadi” (1801).