PETROPAVLOVSK QAL’ASI

PETROPAVLOVSK QAL’ASI (rasmiy nomi Sankt-Peterburg qal’asi; 1914— 17 y.lar Petrograd qal’asi) — Sankt-Peterburgda, Zayache o.dagi qal’a. 1703 y. 16. (27) mayda asos solingan. Pyotr I tuzgan loyiha asosida dastlab loy va yog’ochdan qurilgan, 18-a.ning 30-40-y. lari tosh b-n qoplangan. 6 Bastion o’zaro devorlar b-n tutashtirilgan. Bastion de- vorlarining bal. 10-12 m, kengligi 20 m. P.q.dan qamoqxona sifatida foydala- nilgan. Hozir muzey. Petrovskiy va ne- vskiy darvozalari, Petropavlovsk sobo- ri, Kronverk, zarbxona va b. muhta-sham binolar P.q.ning tarixiy va me’moriy yodgorliklari hisoblanadi. P.q.da Pyotr 1 va b. rus imperatorlarining kab-rlari bor. Qal’adagi imoratlar, sagana toshla- ri klassisizm uslubida ishlangan. Bay- RAM kunlari Narishkin bastio-nida to’p otiladi.