Petrozavodsk
Petrozavodsk — Kareliyadagi shahar (1777 y.dan). Kareliya Respublika- si poytaxti. T.y. tuguni. Onega ko’lidagi port. Aholisi 282,3 ming kishi (1998). P. Kareliyaning muhim sanoat markazi (respublika yalpi sanoat mah-sulotining 1/4 qismini beradi). Asosiy sanoat tarmoqpari: mashinasozlik va metall- sozlik. “Petrozavodskbummash”, Onega traktor, stanoksozlik, kemasozlik, ra- dio zavodlari, uysozlik va taxta tilish- mebel k-tlari, slyuda f-kasi bor. Engil, oziq-ovqat (shu jumladan, baliq) sanoat- lari mavjud. P.da Rossiya faning Kare- liya filiali, Petrozavodsk in-ti, ped. institut, 4 teatr, o’lkashunoslik va tas- viriy san’at muzeylari ishlab turibdi. P.ga 1703 y.da asos solingan. 2-jahon urushi davrida vayron bo’lgan P. qayta qurildi. Shaharda klassisizm uslubida qurilgan 18-a.ga oid binolar ansambli saqlangan.