Petti (Petty) Uilyam

Petti (Petty) Uilyam (1623.26.5, Romsi sh., Xempshir — 1687.16.12, London) — ingliz klassik siyosiy iqtisodining asoschisi. Leyden, Parij va Oksford un-tlarida tibbiyotdan ta’- lim olgan. U serqirra qobiliyatga ega bo’lib, 1647 y.da nusxa ko’payti-radigan mashina ixtiro qilgan. 1649 y.da fizi- ka dri ilmiy darajasini olgan, 1651 y.da mu-siqa va anatomiyadan prof. P. yirik er egasi edi. P. Angliyada 17-a. da bo’lib o’tgan burjua in-qilobidan keyin o’z hokimiyatini mus-tahkamlab olgan ingliz burjaziyasining nazariyot- chisi sifatida tanildi. “Soliqlar va yig’imlar haqidagi risola” (1662), “so’z donishmandlar-ga” (1665) “Irlandiya- ning siyosiy ana-tomiyasi” (1672), “pul haqida so’z” (1682), “siyosiy arifmeti- ka” (1683) kabi asarlarida qiymatning mehnat nazariyasini asoslab berdi. P. merkan-tilistlardan farkli ravish- da, boylik manbai muomala sohasida emas, i.ch.da deb hisoblagan. P. jamiyat- ning iqtisodiy taraqqiyotini ob’ektiv krnunlarga bog’liq deb qaraydi, lekin ij-timoiy va iqtisodiy krnunlar ta- biat qonunlariga o’xshash abadiy va uz- garmasdir, deb izohlaydi. P. iqtisodiy hodisalarni tahlil qilishda tabiatshu- noslik fanlarining tadqiqot usullari- dan foydalandi va uni statistik tahlil b-n to’ldirdi. P. mehnatning qiymat na- zariyasini birinchi bo’lib asoslab ber- gan. P.ning “mehnat boylikning otasi, er esa uning onasidir” degan fikri bu- tun dunyo iqtisodchilari tomonidan tan olinadi. P. tovarlar qiymatini ularni i.ch. uchun sarflangan mehnat b-n aniqlash nuqtai nazaridan qo’shimcha qiymatnint kelib chiqishi muammosini hal etish – ga urindi. Uning fikriga kura, renta qo’shimcha qiymatning umumiy shakli bo’lib, er rentasi va pul rentasi (foiz) tar-zida namoyon bo’ladi. P. differen- tsial er rentasi muammosini iqtisodchi olimlar orasida birinchi bo’lib o’rgandi, erning bahosi to’g’risidagi masala ham P. tomonidan ilmiy Ji-hatdan to’g’ri qo’yildi. P. davlat statistika xizmati tuzish zarurligi masalasini ko’tardi va statistik ma’lumot to’plashning ayrim yo’nalishlarini belgilab berdi.