Piknometr

Piknometr (Yunoncha pyknos — zich va … metr) — gazsimon, suyuq va qattiq holatdagi moddalarning zichligini o’lchash uchun mo’ljallangan asbob; har xil shakl va hajmdagi shisha idish (kolba). Piknometrning suyuklik uchun mo’ljallangan (kolbasimon), gazlar uchun mo’ljallangan (Usimon, kapillyarli), qattiq jismlar uchun mo’ljallangan (bo’g’zi olinadigan) xillari bor. Suyuq holatdagi moddaning zichligini o’lchash uchun Piknometr bo’g’zidagi belgigacha to’ldirilgan moddani tortib ko’riladi. Qattiq moddaning zichligini o’lchash uchun u suyuqlik to’ldirilgan Piknometrga botiriladi. Gazlarning zichligini o’lchash uchun maxsus shaklli (masalan, shar) Piknometr qo’llaniladi. Piknometrda zichlikni o’lchashning afzalliklari: zichlik juda aniq (105 g/sm3 gacha) o’lchanishi; kichik (0,5—100 sm3) hajmdagi moddalarning ham zichligini o’lchash mumkinligi; moddalar (ayniqsa, gazeimon moddalar)ning bug’lanib va nam yutib ulgurmasliga va boshqalar.