Pipin pakana

Pipin pakana (Pippinus Brevis) (714-768) — franklar qiroli (751 yildan). Mayordom bo’laturib (741-751), 751 yil Merovinglar sulolasidan bo’lgan so’nggi qirolni taxtdan ag’dargan va Karolinglar sulolasiga asos solgan. Qirollikdan ajrab chiqqan Akvitaniyani bo’ysundirgan, arablarga qarshi yurish qilib Septimaniyani tobe etgan. 754 va 756 yillarda Italiyaga yurish qilgan, langobardlardan tortib olgan erlarning bir qismini papaga bergan, bu bilan Papa viloyatiga asos solingan.