Pireney yarim oroli
Pireney yarim oroli, Ibe- riya yarim oroli — Evropaning Jan.- g’arbidagi yarim Orol. Mayd. 582 ming km2. Atlantika okeani b-n O’rta dengiz oralig’ida. P.ya.o. Afrikadan Gibral- tar bo’g’ozi orqali, Evropaning qolgan qismidan esa Pirenei tog’lari orqali ajralgan. P.ya.o.da Ispaniya, Portugaliya, Andorra davlatlari va Gibraltar joy- lashgan. Qirg’oq chizig’i aksari kismida tekis. Er yuzasi yassitog’lik va tog’lardan iborat. O’rtacha bal. 1000— 1500 m. Eng baland joyi — Serra-Nevada tizmasi- dagi Mulasen tog’i (3478 m). Sohili — paettekislik. Toshko’mir, temir rudasi, volfram, simob, polimetall rudalari, pirit konlari bor. Iqlimi asosan, O’rta dengizga xos subtropik, g’arbida sernam, okean iqlimi. Yanv.ning o’rtacha t-rasi 8-12°, iyulniki 18-28 . Maksimal t-ra 40°, minimali -25°. Yillik yog’in shim. da 800-1000 mm, tog’larda 1500-2000 mm, ichki hududlarda 300-500 mm. Yirik daryolari: Taxo, Gvadiana, Duero, Ebro, Gvadalkvivir. Tabiiy o’simliklari o’rta dengiz butalari (makvis, Gariga), dasht o’simliklaridan iborat. Hududining 40% butazor. O’rmonlar ham uchraydi.