Piromorfit
Piromorfit (Yunoncha rug — olov va morhe — shakl) — fosfatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi R5[RO4]3S1. Tarkibida ro – 82,0%, R2O5-15,4%, S1-2,6%, ba’zan qo’shimchalardan fosforning izomorf o’rnini bosuvchi As bo’ladi. Geksagonal singoniyada prizma yoki bochkasimon shaklda kristallanadi. Kam hollarda donador, tolasimon va oqiq agregatlar. Yaltiroqligi shishasimon. Qattikligi 3,5—4, zichligi 6700-7100 kg/m3. Rangi yashil, ba’zan sariq yoki olovrang. Polimetall va oltin rudalari konlari zonasida hosil bo’ladi. Qo’rg’oshin rudasi sifatida foydalaniladi.