PIROXLORLAR
PIROXLORLAR (Yun. rug — olov va chloros — sarg’ishyashil) — titan- tan-tal-niobatlar murakkab oksidlari- ga mansub minerallar guruhi. Kimyoviy tarkibi beqaror, bir qadar aniqroq formulasi (Ca, Na, K, Rb, Sn, U, va, Bi, Sb)2.m (Nb, ta, Ti)2O6. (O, on, F), mnH2O; izomorf aralashma holida U, Th, Ce, Y, Fe va b. bo’ladi. P.ga 3 kichik guruh (piroxlor, mikrolit va betafit)ga ajra- tilgan 21 mineral ki-ritilgan. Rangi och sariq, qizg’ish-jigarrang, qo’ng’ir-qora. Ayrimlari qizdirilganda sarg’ishyashil rangga o’tadi. Ko’pincha kichik (10-15 sm gacha) oktaedr, dodekaedr shaklda kubik singoniyali kristallar holida uchraydi. Qattikligi 4-5,5; zichligi tarkibiga va fizik xossalariga qarab o’zgaradi: 3700-5000 kg/m3 (piroxlor va betafit) va 5900-6400 kg/m3 (mikrolit). P. ba’- zan kuchli radioaktiv, tez o’zgarib tura- Di va metamikt minerallarga kiradi. Sienitli va nefelin-si-enitli pegma- titlarda tsirkon, ilmenit, sfen, kal- tsitlar b-n birga uchraydi. Yirik uyum- lari niobiy va tantal olish uchun ruda hisoblanadi.