Piskent tumani
Piskent tumani – Toshkent viloyatidagi tuman. 1926 y. 29 sent.da tashkil etilgan. Shim. va shim.-sharqsan Ohangaron va O’rta Chirchiq, g’arbdan Oqqo’rg’on, Jan.-g’arbdan Bo’ka tumanla- ri, Jan.dan Tojikiston Respubli-ka- sining Sug’d viloyati b-n chegaradosh. Mayd. 0,79 ming km2. Aholisi 86,3 ming kishi (2003). P. t.da 1 shahar (Piskent), 6 qishloq fuqarolari yig’ini (Do’ngqo’rg’on, Kerovchi, Murotali, Koriz, Oqtepa, Sayd) bor. Tuman markazi — Piskent sh. Tabiati. Tuman hududi Qurama tog’ tizmalarining etaklarida va Ohangaron daryosining chap sohilida, Chirchiq- Ohangaron vodiysi boshlanadigan erda joylashgan. Er usti sharqdan g’arbga tomon qiya. O’rtacha bal. 300-2500 m. Sharqiy qismi Qurama tog’lari, adir- lar, cho’l, yaylovlar b-n band. Relefi bir oz past-baland, eski dare o’zanlari, jar va jilg’alar b-n parchalangan. Tu- Manning g’arbiy qismida sug’oriladigan erlar joylashgan. Tuproklari, asosan, tipik bo’z tuproqlar, pastqam joylarda o’tloqi, botqoq-o’tloqi, allyu-Vial tupro- klar. Tumanning chekka sharqida to’q bo’z tuproqlar va qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan bo’lib, bu erlardan yaylov sifatida foy- dala-niladi. Kurama tog’idan Ohangaron daryosi oqib tu-shadi, tog’soylaridan Qizota, Kovuldi, Olmaliqsoy, Pargan- da, Qoraqiyosoy oqib o’tadi. Anhor, Bo’ka, Sho’r, O’rtaariq, Bo’rjar singari qad. ka-nallar, shim. Toshkent kanali bor. Shim. chegarasi bo’ylab Toshkent suv om- bori (“Toshkent dengizi”) joylashgan. Iqlimi mo’tadil issiq, quruq. Yillik o’rtacha t-ra 13,5°; iyulning o’rtacha t-rasi 27°, eng yuqori t-ra 41,g, yanv.niki -1,0°, eng past t-ra -27,2°. Vegetasiya dav- ri 210-220 kun. Yillik yog’in 350 mm. Yovvoyi o’simliklardan tekisliklarda qamish, dashtda shuvoq-sho’ra, tog’oldi erlarida bo’tako’z, dare va soylarning vodiylarida archa, do’lana, zarang, olcha, olma, chetan (ryabina) va b. usadi. Yovvoyi hayvonlardan Daryo qayirlarida bo’ri, chiyabo’ri, yumronqoziq, quyon, to’qay mu- Shugi, o’rdak, g’oz, qirgovul, toglarda ka- klik, bedana, mayna, loyxo’rak, suvilon- lar, ondatra yashaydi. Tumanning Sharqiy qismida foydali qazilmalardan mis, qo’rg’oshin, rux, oltin, molibden va b. no- dir metall rudalari, flyuorit, ohaktosh, shag’al, kum va b. turli xil qurilish Mate- riallari olinadi. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuning- dek, tojik, tatar, rus va b. millat vakil- lari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zich- ligi 1 km2 ga 109,2 kishi. Shaharliklar 31,4 ming kishi, qishloq aholisi 54,9 ming kishi (2003). Xo’jaligi q.x. ishlab chiqarishga IX- tisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa, kurilish korxonalari bor. Shir-kat va dehqon-fermer xo’jaliklari Paxtachi- lik, g’allachilik, bog’dorchilik, chorvachi- lik b-n shug’ullanadilar. Tumanda 66 dav- lat, 1243 no-davlat korxonasi, 1 qo’shma korxona, 10 aktsiyadorlik jamiyati, 2 jamoa, 8 shir-kat xo’jaligi, 970 fermer xo’jaligi faoliyat ko’rsatadi. (2003). Tumanning sugoriladigan ekin may- doni 20,7 ming ga, shu jumladan, 10 ming ga erga paxta, 8,4 ming ga erga don, 420 ga erga poliz va sabzavot ekinlari ekiladi (2003). P. t.dagi 43 umumiy ta’lim MAK- tabida 20,2 mingga yaqin o’quvchi ta’lim oladi. Yordamchi internat maktabi, kasb- hunar kolleji, 8 klub, 22 kutubxo-na, madaniyat va istirohat bog’i, 8 stadion mavjud. Markaziy kasalxona, yuqumli ka- salliklar va bolalar kasalxonalari, 4 qishloq vrachlik punkti, 5 vrachlik am- bulatoriyasi, markazlashgan dorixona, 10 xususiy dorixona aholiga xizmat ko’rsatadi. 1932 y.dan “mehnat bayrog’i” tuman gaz. chiqadi.