Plakoid tangacha
Plakoid tangacha (Yunoncha Plax – yuza, plastinka va eidos — ko’rinish, shakl) — tog’ayli baliqlar uchun xos tangachalar. Mezodermada (ektoderma chegarasida) rivojlanadi; ektodermani yorib pix shaklida tana sirtiga chiqadi. Bazal plastinka, bo’yincha va koronka, ya’ni pixdan iborat. Pixning uchi orqaga egilgan. Har bir tangacha ichida qon tomirlari va nyorvlar bilan ta’minlangan bo’shliq (pulpa) yoki bir necha pulpa naylari bo’ladi. Plakoid tangacha dentindan iborat; uning uchki qismi (Pixi) qattiq emal bilan qoplangan. Hayot davomida Plakoid tangacha almashinib turadi. Umurtqalilar evolyutsiyasida Plakoid tangacha ganoid va suyak tangachalar bilan almashinadi. Umurtqalilarning tishlari Plakoid tangachadan hosil bo’lgan.