Plastmassa

Plastmassa – asosini yuqori molekulyar massaga ega bo’lgan smolasimon (ko’pincha polimerli) organik moddalar tashkil etgan material. Bu moddalar plastmassaga uni qayta ishlashning ma’lum bosqichida plastiklik xossalari ya’ni talab etilgan shaklni qabul qila olish qobiliyatini va qotgandan, sovugandan yoki bosim olingandan keyin shu shaklni saqlay olish xususiyatini beradi.