Platforma

Platforma — er po’stining sust harakatlanadigan qismi, geosinklinal- larning aksi xisoblanuvchi Konti-nent- ning asosiy struktura elementi. May- doni bir necha mln. km2 ga etadi. P. tu- zilishi 2 qavatdan iborat. Pastki kavat magmatik, metamorfik va vulkan jin- slaridan tarkib topgan. Yuqori qavat cho’kindi, ba’zan vulkan jinslaridan tuzilgan. Qalinligi 3-7 km dan 9 km gacha, ayrim joylarda undan ham ortiq. Bir oz qiya holda yotgan qoplama jinslar turli tartibdagi kichik strukturalar b-n murakkablashgan. P.larda jadal burma- lanishlar quyidagi joylarda yuzaga ke- ladi: tuzli yotqizikdardan tarkib topgan egilmalarda; yondosh burmalangan oblast- larning chekka qismida; avlakogenlarda (yoriqlar b-n chegaralangan va grabensi- mon shakldagi P.ning chiziqli egilma- si); poydevorning katta amplitudali yoriqlarga tutashgan qismlarida. Qad. va yosh P.lar farq qilinadi. Qad. P.ning poydevori paleozoygacha hosil bo’lgan qatlamlarning burmalanishidan yuzaga kelgan. Ba’zan P. krplama-sini poydevordan oraliq jinslar majmui ajratib turadi. P.da magmatik jarayon- lar ham kuzatiladi, lekin ular geosin- klinallardagiga nisbatan bir-muncha sust. Magmatizm jinslari ish-qor- bazaltli magmadan iborat. P.larda so- dir bo’ladigan seysmik harakatlar ancha sust bo’ladi, lekin yirik yoriqlarga tu- tashgan joylarida va qo’shni geosinkli- nal oblastlar yaqinida kuchli bo’lishi mumkin. P.larda geotermik gradient geosinklinallardagiga nisbatan 2-4 marta kam. Yosh P.larda bu ko’rsatkich qadimiylariga nisbatan yuqori. P.lar chegarasi, odatda, poydevorning burma- langan strukturalari yo’nalishiga Moe kelmasdan, balki qo’shni geosinklinal- larning cho’ziklik chegarasi b-n ustma- ust tushadi. P.lar chegarasi keskin yoki juda yoyiq bo’lishi mumkin. P.larning yirik struktu-rasi sifatida qalqonlar va plitalar ajratiladi. Plitalar- da neft va gazning yirik zaxiralari uchraydi. Yuqorida qayd qilingan bar- cha belgilar er po’stining 30-60 km qalinlikdagi kontinental P.lariga xosdir. Bulardan tashqari, okean P.lari ham mavjud. Ularga tekis relefli oke- an tublari misol bo’la oladi. Er pusti qalinligi bu joyda 5-7 km dan osh- maydi, granitli qatlamlar uchramay-Di, cho’kindi qatlamlar kam bo’lganligidan an’anaviy fikrga asosan neft va gaz- larga istiqbolsiz hisoblanadi. Qad. P.larga: shim. Amerika va Jan. Ame- Rika, Sharqiy Evropa, Sharqiy Sibir, Afrika, Avstraliya P.lari, yosh P.larga G’arbiy Evropa, Turon-Skif, G’arbiy Si- bir P.lari mansub.