PLATINA QOTISHMALARI
PLATINA QOTISHMALARI – asosini platina tashkil qiladigan qotishmalar; odatda, legirlovchi ele- mentning (q. Legirlash) platinada- gi qattiq eritmasidan iborat bo’ladi. P.q.ning muhim legirlovchi elementla- ri: rodiy (Rh), iridiy (Ir), palladiy (Pd), ruteniy (Ru), nikel (Ni), kobalt (So), mis (Si), volfram (W) va molib- den (mo). P.q. suyuklanish t-rasi yuqori, zararli muhitlarda korroziya (zanglash) ga (oksidlanishga) chi-damli, mexanik xossalari yuqori, eyilishga juda chi- damli material. P.q.ni bosim b-n ish- lab (bolg’alab, prokatlab, shtamplab va cho’zib), har xil buyumlar olish mumkin. Ular termoparalar, elektr asboblarning qismalari (klemmalari), yuqori t-Rada eriydigan kavsharlar, prujinalar, doi- miy magnitlar, shisha suyultirish idish- lari, sun’iy tola ishlab chiqariladigan filerlar va b. muxim detallar hamda elementlar tayyorlashda, kimyoviy reak- tsiyalarda katalizatorlar sifatida ish- latiladi.