Plazma tezlatkichlar
Plazma tezlatkichlar – tez- ligi 10— 103km/s va undan yuqori bo’lgan plazma oqimi hosil qilish uchun ishlatiladigan qurilmalar. Ulardagi ionlarning kinetik energiyasi 10 ev dan 105-106 ev gacha etadi. Energiyaning pastki chegarasida past t-rali plazma Ge- neratorlari — plazmatronlarga, yuqori chegarada — zaryadlangan zarralar tez- latkichlariga o’xshaydi. P. t. to’liq ion- lashgan bo’ladi. Katta tezlikdagi plazma oqimini turli yo’l b-n mas, qattiq jism- ga lazer nurlarini ta’sir ettirib olish mumkin. 1-rasmda P.t.ga tegishli asbob tasvirlangan, unda tezlanish va plazma- ni tayyorlash bir yoki bir nechta elektr razryadning elektr energiyasi hisobiga amalga oshadi. Tezlanish mexanizmi.P.t. ning ish jarayonini taxlil qilishda plazma- ni yaxlit muhit yoki zarralar (ion va elektronlar) yig’indisi deb qarash mumkin. Yaxlit muhit deb olinganda plazmaning tezlanishi to’liq (ion va elektronlar) bosimning pasayishi va plazmada oquvchi toklarning o’zaro ta’- siridan vujudga keladi. Plazma zarra- lar yig’indisi bo’lsa ionlar tezlanishi quyidagilar asosida vujudga keladi; 1) plazma hajmidagi elektr maydon ta’- sirida; 2) yo’naltirilgan elektronlar oqimi (“elektron shamoli”)ning ionlar b-n to’qnashishidan; 3) ionlarning o’zaro to’qnashishidan. P. t. tasnifi. P.t. issiklik va elek- tromagnit tezlatkichlarga bo’linadi. Issiqlik P.t. orasida izotermik bo’lmagan tezlatkichlar alohida ahamiyatga ega. Unda RS >> rg buni quyidagicha tu- shuntirish mumkin: “issiq” elektron (Ts >> T) li plazma yuqori t-rali T ionlar plazmasiga nisbatan juda oson hosil bo’ladi. Buni izotermik bo’lmagan plaz- ma deyiladi. Izotermik bo’lmagan tez- latkichning tuzilishi tez elektronlarni injek-tsiyalash yo’li b-n yoki elektronli tsiklotron rezonansi yordamida t-rasi Ts _ yu7 – yu* K ga teng “issiq” elektron- li plazma hosil qiladigan “magnit soplosi”dan iborat. 2-rasmda izoter- mik bo’lmagan plazma tezlatkichi sxemasi kel-tirilgan. Bunda elektron zambarak EZ dan chiqayotgan elektron dastasi gaz- razryad kamerasi GKdagi elektronlarni “isitadi” va bu kameraga kiritilayot- gan ish moddasi I mni ionlaydi. Hosil bo’lgan va tezlashgan plazma TP elektron bosimining farqi ta’sirida magnit maydoni g’altagi MMF vujudga kel- tirayotgan magnit maydoni chiziqlari bo’ylab oqib chiqadi. Elektronlar kame- radan chiqib ketishga urinib, hajmiy zaryadlarning elektr maydonini hossht qiladi. Bu maydon, o’z navbatida, ionlar- ga kt ~ 10 -10′ ev miqdoridagi energiya berib, ularni tezlashtiradi. Elektro- magnit P.t. plazmaga energiya berilishi- ga qarab 3 sinfga bo’linadi: radiasion tezlatkichlar —bundaplazma oqimining tezlanishi plazma kuyuklanmasiga tu- shayotgan elektromagnit to’lqinlarining bosimi ta’sirida kelib chikali; induk- tsion tezlatkichlar — impulsli tizim- lar, unda tashqi o’suvchi magnit maydoni V plazma halqasidagi tokni induktsiya- laydi. Shu tok b-n tashqi magnit maydo- ni radial tashkil etuvchisining o’zaro ta’siri Amper kuchini hosil qiladi. Bu kuch plazma halqasini tezlashtiradi; elektrodli tezlatkichlar — tezlanishli plazma b-n kuchlanish manbaiga ulangan elektrodlar o’zaro kontaktda bo’ladi. Bu tokning tashqi (avtonom magnit tizim hosil qilgan) yoki xususiy (plazmadan oqadigan tok hosil qilgan) magnit may- doni b-n amper ta’siridan plazma tez- lanishi hosil bo’ladi. Elektrodli P.t. keng tarqalgan. Birinchi P.t. 1950-y.lar o’rtalarida paydo bo’ldi. Ular sirtni tozalash tex- nologiyasi (katodli changlatish usuli), turli sirtlarda metall plyonka hosil qilish, ionosfera aerodinamikasi tadqiqotlari va astrofizika eksperi- mentlari (kosmik hodisalarni model- lash), termoyadro tadqiqotlar (plazma in- jektori sifati)da qo’llaniladi.