Plazmodesmalar
Plazmodesmalar (plazma va Yunoncha desma — bog’) — o’simliklarda qo’shni hujayralar protoplastlarini o’zaro bog’lab turuvchi tsitoplazma ipchalari. Plazmodesmalar hujayra bo’linishi davrida hujayra qobig’i tarkibida hosil bo’ladigan naychalarda joylashadi. Naychalar bo’shlig’ini plazmatik membrana o’rab turadi. Naychalar diametri 20-70 nm ga teng bo’lib, ular soni har xil hujayralarda bir xil bo’lmasligi mumkin. Plazmodesmalar orqali ta’sirlanish va moddalar bir hujayradan ikkinchisiga o’tib, hujayralar o’rtasida umumiy bog’lanish amalga oshiriladi.