Plotin

Plotin (Plotinos) (taxm. 205, ni- kopol, Misr — 270, Minturne, ita- liya) — yunon faylasufi, neoplatonizm asoschisi. 244/245 y.dan Rimda yashagan, falsafadan dare bergan; 10 y. og’zaki suh-batlardan so’ng P. o’z ta’limotini yozib bora boshladi. Uning 54 asarini shogirdi Porfiriy (taxm. 233 — taxm. 304) tartiblashtirib, 9 tadan bo’lib chiqqan, shuning uchun ular “Enneada- lar” (“to’qqizliklar”) deb ataladi. P. sis-temasida hadsiz yagona ibtido (ezguli-k)dan uning emanasiyasi jara- yonida borliqning qolgan substantsi- yalari kelib chiqadi. Bular: o’z-o’zini mushohada qiluvchi nus va uni tashkil etgan ey-doslar (yagona ibtido b-n “nus” o’rtasidagi bosqich — “son”); barcha indi- vidual jonlarni o’z ichiga qamragan ola- miy jon, jismlar dunyosi (Kosmos); ma- teriya (sodir bo’ladigan o’zgarishlarning betayin, sifatdan maxrum asosi). Odam jonining yo’li jazava paytida sezgilar dunyosidan ko’tarilib, yagona ibtido b-n qo’shilishdir.