Plug
Plug — er haydashda ish- latiladigan q.h. quroli. Misr, Xitoy, O’rta Osiyoda qadimdan ma’lum bo’lgan. Dastlab yog’ochdan yasalgan, uchiga tig’ qoplangan. Ot, xo’kiz qo’shib ishlatilgan (q. Omoch). Mil. AV. 1-ming yillikda te- Mir lemexli P.lar paydo bo’la boshlagan. Metall P.lar 18-a. yarmida paydo bo’lgan. Traktorlar P.lari 1marta 20-a. 20-y.la- rida ishlab chikarilgan. P. asta-sekin takomillashtirib borilgan. Ish organlarining tuzilishiga qarab lemehli va diskli; tortish kuchi turiga qarab, traktorga o’rnatiladigan (o’rnatma, yarim o’rnatma, tirkama), otga qo’shiladigan va kanatli; ish organla- ri soniga qarab, 1-2 va ko’p korpusli; vazifasiga qarab, umumiy va maxsus; er haydash usuliga qarab, tuproqni ichka- riga va tashqariga ag’darib egat ochadigan hamda tekis haydaydigan P.lar bo’ladi. Traktorga o’rnatiladigan lemex- li P.lar (tirkama, yarim o’rnatma) keng qo’llaniladi. Asosiy uzellari: ish or- ganlari, haydash chuqurligini rostlov- chi mexanizm, avtomat, tsilindr, tayanch g’ildiraklar, o’rnatish yoki osish mosla- masi. Lemexli P.larning ish organla- ri — korpus, chimqirqar, disk-pichoq. Haydalma qatlam ostini yuqoriga chiqarmasdan 5—12sm chuqur haydashda korpusga qo’shimcha chuqurlatkichlar mahkamlanadi. Chim-qirqarlar P. korpu- sidan 30-35 sm oldinga o’rnatiladi, 10 sm gacha tuproq qatlamini olib, korpus hosil kilgan egat tagiga tashlaydi. Disk- li P.lar, asosan, yangi erlarni haydashda ishlatiladi. Umumiy ishlarga mo’l- jallangan P.lar har qanday erni 18— 45 sm chuqurlikda haydashda qo’llaniladi. Mokisimon P.larning korpusi o’ngga va chapga aylanadigan 2 sektsiyadan iborat. Sektsiyalar navbat b-n ishlaydi. Maxsus P.lar changalzor-botqoqliklarni, bog’, tokzor, o’rmon, Toshloq erlarni haydashda ishlatiladi. Erni shudgor qilish uchun 1 korpusli (po-1-30 markali) va 2 kor- pusli (po-2-30) ag’darma-osma P.lar, dehqon va fermer xo’jaliklari uchun 2 korpusli (PN-2-30) va 3 korpusli (PN- 3-30) ag’darma-osma P.lar, texnik ekin- lar uchun mo’ljallangan er haydaladigan 3 korpusli (PDN-3-30) va to’rt korpusli (PDN-4-45) ag’darma-osma P.lar, erni chuqur haydashga mo’ljallangan yarus- li tirkama (PYA-3-35) P.lar (hammasi “Chirchiqqishmash” AJ); paxta, g’alla va b. ekinlar ekiladigan erlarni xaydash uchun mo’ljallangan osma P. (PN-3-35) (“Urganchozuqamash” AJ), erni bir te- kis ag’darib haydash uchun mo’l-jallangan ag’darma-osma P. (EurOpal 9 (4+1) N 100) (“Agregat” z-Di va “Lemken” firmasi) va b. ishlab chiqarilmoqda. Bu P.lar erni 18-45 sm chuqurlikda haydaydi.