PLYURALIZM
PLYURALIZM (lot. pluralis – ko’plik) — 1) borliqning bir necha (yoki ko’plab) mustaqil ibtidosi yoki bilimning bir qancha asosi mavjud deb hisoblovchi falsafiy qarash. Shu bilan birga, siyosatda manfaatlar, g’oyalar, munosabatlar, qarashlarning ham xilma-xilligini bildiradi. ―Plyuralizm terminini 1712-yilda nemis faylasufi X.Volf (1679-1754) kiritgan. Plyuralizmning aksi – monizm. G’arb falsafasida juda ko’p oqim bo’lib, ular hozirgi falsafaning plyuralistik xarakteridan dalolat beradi (pragmatizm, personalizm, hayot falsafasi va boshqalar); 2) jamiyat siyosiy tizimining xususiyati. Bunda ijtimoiy guruhlar o’z manfaatlarini o’z vakillari (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy va boshqa tashkilotlar) orqali ifodalash uchun tashkiliy tartib-qoida tusini olgan imkoniyatlarga ega bo’ladilar. Jamiyatni demokratiyalash jarayonida Plyuralizm shakllanib, rivojlanadi: u ijtimoiy guruhlarning turli-tuman manfaatlarini aks ettiruvchi har xil qarashlar, fikrlar mavjudligini anglatadi.