Pochaqirqar

Pochaqirqar, chertik, fors pochaqirqari (Hulthemia persica) — Ra’nodoshlar oilasiga mansub tikanli buta. Bo’yi 15-25 santimetr. Barglari oddiy, teskari-tuxumsimon, ellipssimon, poyaga navbat bilan joylashgan. Tanasi tikanli. Guli tilla rangsariq, tojbarg tubi qoramtir-qizil dog’li. Changchilari ko’p, to’q binafsha rang. Aprel —iyul oylarida gullab, iyun— avgustda meva beradi. O’zbekistonda adir va tog’yon bag’irlarida, yo’l yoqalarida ko’p o’sadi.