Pochta aloqasi

Pochta aloqasi — transport vositalari yordamida xat, davriy na- shrlar, jo’natma, pul va h.k.ni qabul qilib olib jo’natadigan muassasalar tizimi. P.a.ning yuzaga kelishi bevosi- ta yozuvning paydo bo’lishi b-n bog’liq. Yunoniston, Eron, Misr, Xitoy va Rim imperiyalarida P.a. davlat boshqaruvida alohida ahamiyat kasb etgan va davlat P. a. yaxshi yo’lga qo’yilgan: jo’natilgan xat- xabarlar otda va piyoda estafeta tamoy- ili asosida tashilgan. Hunarmandchilik va savdosotiqning rivojlanishi b-n hunarmand va savdogarlarga xizmat qiluvchi shahar pochtalari vujudga kel- Di. Ular, ayni paytda, aholining boshqa tabaqalariga ham xizmat qildi. 16-17-a.larda Frantsiya, Shve- tsiya, Angliya va b. mamlakatlarda Mar- kazlashgan Qirollik pochtalari paydo bo’ldi. I.ch.ning o’sishi va davlatlararo iqtisodiy munosabatlarning rivojla- nishi b-n P.a. ham taraqqiy etdi. Aloka Mar-kalarinit muomalaga kiritilishi P.a. tarixida yangi davr boshlab berdi. 1869 y.da Avstriyada pochta kartochkasi joriy etildi. 1874 y.da 22 mamlakat ish-tirokida l-xalqaro pochta Kongressi o’tkazilib, umumiy pochta ittifoqini tuzish haqida shartnoma imzolandi (1878 yildan Jahon pochta Ittifoqi). Butun dunyoda o’zaro yozishmalarni va yozma ma’- lumotlarni ayirboshlashni muvofi- klashtirish uchun 1978 y.da ja-hon pochta Ittifoqi konventsiyasi qabul qilindi. 19-a.ning boshlarida paroxod va Paro – vozlar, 20-a. boshida samolyotlarning yaratilishi pochta jo’natmalarini etka- zish tezligini keskin oshirdi. P.a. xiz- matlaridan na-faqat davlat, balki oddiy aholi ham foydalana boshladi. Telegraf (1832), telefon (1876), radio (1895) ning IX-tiro etilishi ham P.a.ning jamiyat xayotida tutgan muhim o’rnini o’zgarti-ra olmadi. 20-a.da ham u eng qulay va omma- bop aloqa vositasi sifatida sak,lanib qoldi. O’rta Osiyoda P.a.ga o’xshash aloqa turi, ayrim ma’lumotlarga ko’ra, mil. AV. 5-4-a.larga to’g’ri keladi. O’sha davrlar- da harbiy choparlar podsholar farmoni va nomalarini noiblarga va qal’alardan xabarlarni mamlakat poytaxtiga etkazib turganlar. 13-a.da mo’g’ullar hukmronligi davrida xoqonlar poytaxtlaridan tuman- lar va qo’shni davlatlar chegaralariga bo- radigan asosiy yo’llarda pochta manzil- goxlari — yom (bekat, rabot)lar tarmo- klari barpo etilgan. Yomlar bir-biridan 20-25 km masofada qurilgan va ularni qo’riqchi guruhlar muhofaza qilgan. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan so’ng P.a. asosan, podsho Ros- siyasi amaldorlari, ishbilarmonlari, mahalliy boshqaruv va hokimiyat organ- lariga xizmat ko’rsatdi. 1865 y. Toshkent yaqinidagi Niyozbek qal’asi b-n chim- kent sh. o’rtasida dastlabki P.a. yo’lga qo’yildi. O’sha yili avg. oyida Toshkentda 1-pochta styasi ochildi, pochta yo’li Niyoz- Bekdan Toshkentgacha et-kazildi. 1868 y. Toshkent b-n Samarqand o’rtasidagi P. a. yo’lga qo’yildi. 1868 y. Fev.da Toshkent- da Rossiya pochta va telegraf vazirligiga buysungan Sirdaryo va Samarqand viloyat- lari pochta idoralari boshkarmasi tash- kil etildi. Dastlab pochta ot-ulovda, t.y. qurilganidan keyin t.y. orqali tashila- digan bo’ldi. 1885 y. 1 yanv.dan Toshkent pochta idorasi mijozlardan Telegramma- lar qabul qilishni boshladi. 1924 y.da O’zbekistonda 110 aloqa korxonasi ishladi, shulardan 30 tasi qishloq aholisiga xizmat ko’rsatdi. Po- chta yo’llarining umumiy uz. 1300 km ga etdi, birinchi Toshkent — Samarqand xavo aloqa yo’li ishga tushirildi. Urush- gacha bo’lgan davrda respublikada P.a. muntazam rivojlandi. 1937 y. it-tifoq pochta va telegraf xalq ko- missarligining O’zbekiston hukumati huzuridagi vakilligi boshqarmasi (1954 y.dan O’zbekiston SSR aloqa va- zirligi) tashkil etilganidan keyin P.a. davlat aloqa xizmati sifatida ri- vojlandi. Pochta va matbuotni tashishda aviasiya, t.y., avtomobil transportidan kenfoqfoydalaniddi. 1974 y. Toshkentda t.y. qoshida pochtamtning ochilishi, 1983 y. Toshkent pochtamtining yangi binosi qurilib foydalanishga topshirilishi b-n xat, jo’natma, pul o’tkazmalari, mat- buot nashrlarini jo’natish va etkazib berish ishi yanada yaxshilandi. P.a. alo- kaning eng keng tarqalgan va omma-viy turiga aylandi. O’zbekiston mustaqillikka erish- ga-nidan keyin P.a. sohasida tub islo- hotlar amalga oshirilib, tarmoq korxo- nalari faoliyati qayta ko’rib chiqil-Di, ko’rsatiladigan xizmat turlari kengay- Di, xalqaro aloqalar tubdan qayta tash- kil etildi. 1993 y.da O’zbekiston 189 mamlakatni birlashtirgan Jahon pochta Ittifoqiga a’zo bo’lib kirdi. Hoz. O’zbekistonning barcha aholi punktlari pochta korxonalari tarmog’i b-n qamrab olingan. Bu korxonalar oddiy va buyurtmali xatlar, pochta kar-tochkalari, banderollar va oddiy jo’natmalar, baqosi ko’rsatilgan xatlar, bahosi e’lon qilingan jo’natmalar, po- chta, telegraf pul o’tkazmalarini qabul qilish va jo’natish; gazeta va jur. larga obuna qilish va uni etkazib be- rish; tovar va blankalarni, filateliya maqsulotlarini sotish; pensiya va na- faka pullarini etkazish; Telegram- ma qabul qilish va jo’natish; aloqa bo’limlarida shaharlararo va xalqaro telefon so’zlashuvlarini, elektron po- chta, Internet(ga kirish) xizmatlarini ko’rsatish; kommunal xizmat to’lovlarini yigish va b. xizmat turlarini amalga oshiradi. 2002 y.da P.a. korxonalarida 11,23 mln. dona xat, 62,1 mln. dona gaz. va jur.lar, 60 ming dona jo’natma, 565 ming dona so’zlashuvlar va 170 ming dona tele- gramma qabul qilindi, P.a. korxonalari orqali 31 mlrd. so’m pensiya va nafaqalar to’landi. Respublikada pochta korxonalari “O’zbekiston pochtasi” davlat-aktsiya- dorlik kompaniyasiga uyushgan. Kompa- niya tarkibida Qoraqalpog’iston Res- publikasi, 12 viloyat boshqarmalari, Xalqaro pochtamt, xalqaro tezkor pochta, “O’zbekiston markasi” aktsiyadorlik ja- miyati, 185 aloka uzeli va 3012 aloka bo’limi bor (2003). Mamlakatimizda P.a. faoliyati O’zbekiston Respublikasining “Aloqa to’g’risida” (1992 y. 13 yanv.) va “Pochta aloqasi to’g’risida” (2000 y. 31 avg.) qonunlari b-n tar-tibga solinadi (Yana q. Aloqa). Rahmonberdi Zikirov.