Pogodin
Pogodin (taxallusi; asl familiya- si Stukalov) Nikolay Fyodorovich [1900.3 (16).11, Donesk viloyati — 1962.19.9, Moskva] — rus dramaturgi. Ijodi 1920 y.lardan boshlangan. P sovet voqeligini tasdiklovchi pesalar yozgan (“mening do’stim”, 1932; “aslzodalar”, 1934) va inqilobiy davrning sahnaviy yilnoma- sini yara-tishga intilgan [“Miltikli kishi”, 1937; “Kreml kurantlari”, 1942 (1956 y.da kayta ishlangan); “alvon bu- lutlar”, 1955; “uchinchi patetik asar”, 1958 va b.]. P. bu va b. sahna asarlari hamda kinossenariylarida Okt. Davlat to’ntarishi va uning rahbarlari obrazi- ni sovet mafkurasi talablari asosida talqin etdi. P. umrining so’nggi yil- larida “inqilobiy romantik” voqealar tasviridan qochib, shaxs erkinligi, ruhiy olamining kommu-nistik axloq me’yorla- riga daxleizligi haqida hikoya qiluvchi “Petrarka soneti” (1957), yoshlar ruhiy olamining shakllanishi mavzuiga Bagish- langan “kichkina talaba” (1959), “moviy rapsodiya” (1961) pesalari va “kah-Rabo marvarid” (1960) romanini yaratdi. P. 2-jahon urushi yillarida Toshkentda yashab, Hamid Olimjon, uyg’un va Chustiy b-n hamkorlikda “O’zbekiston qilichi” pesasini ezdi (1943). P.ning bir necha pesalari O’zbekiston teatrlari sahnasida qo’yilgan.