Po’lat mo’min

Po’lat mo’min (taxallusi; asl ism-sharifi Mo’minov Po’lat) (1922.24.12— Toshkent — 2004.2.3) — bolalar shoi-ri. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1992). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1983). Dastlab pedagogika bilim yurtini (1939), so’ng Nizomiy no-midagi Toshkent pedagogi- ka in-tini tugatib (1944), o’qituvchilik b-n shu-g’ullangan (1944-47). “Lenin uchquni” gaz.da adabiy xodim (1948-50), O’zbekiston davlat nashriyotida bo’lim mu-diri (1951-52), respublika yozuv- chilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1954-60), Madaniyat vazirligi krshi- dagi san’at ishlari boshkarmasida dra- maturgiya bo’yicha bosh muharrir (1962— 64). Ilk she’rlar to’plami — “Sayrang, kushlar (1949). Shundan keyin uning “Tong kuylari” (1949), “Oltin bo- Shokdar” (1951), “tish cho’tkasi ertagi” (1955), “hunardan unar” (1958), “to’g’ri o’sgan gul bo’lur” (1960), “aql qaerda bo’lar” (1962), “Oltin nay” (1967), “yax- shilarga o’xshasam” (1968), “rahmatga rahmat!”(1969), “eson va omon” (1973), “Ertaqdan ertakka” (1989), “er-taklar yaxshilikka etaklar” (1984), “yurak zavqu dardlarim, aytar baytu fardlarim” (1993), “bug’doy bobo” (1995), “bola- jon, bolajonim” (2003) va b. bolalarga bag’ishlangan she’r va ertaklardan ibo- rat to’plamlari, “kul-Di xiyol” (1964), “Gul va piyoz” (1971), “qo’shiq aytib” (1985) singari qo’shiqlardan tashkil top- gan kitoblari nashr etilgan. P. M. mum- toz o’zbek adabiyoti an’analarini davom ettirib, g’azal, tuyuq, fard janrlarida ham ko’plab asarlar yaratgan. Uning 500 dan ziyod qo’shiqlari g’azal janrida yozil- gan. P. M.ning bolalar hayotidan olin- gan “Qovoqvoy b-n Chanoqvoy”, “Suqatoy va Konfetvoy” (1970), “Bahodirning botirligi” (1972), “ona bolam dey- Di, bola onam deydi” (1975), “oq fil yo’qoldi” (1983), “tuyakush-boyaqish” (1987) pesalari respublika teatrlari- da sahnalashtirilgan. A. S Pushkin, V. V. Mayakovskiy, S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto va b. rus yozuvchilarining bola- larga bag’ishlangan asarlarini o’zbek ti- liga tarjima qilgan. “El-yurt hurmati” ordeni b-n mukofotlangan (1998). As: Ibn shifo — ulashar davo, T., 2003.