Po’latova Naima Qudratovna
Po’latova Naima Qudratovna (1939.4.6, Toshkent) — aktrisa, xonan- da (soprano). O’zbekiston xalq artisti (1997). Toshkent teatr va rassomlik san’- ati in-tini tugatgan (1963). 1958 y.dan Muqimiy teatrida ishlaydi. P., asosan, lirik qahramonlar ijrochisi bo’lib, sev- gi sanamlarining iztiroblari, ularning ichki kechinmalarini ham dramatik, ham musiqiy talqinda tomoshabinga Mohiro- na etkazish, onalarga xos mushfiqu-meh- ribonlik, bardoshlik, uning psixologik va dramatik holatini ifodalashda o’ziga xos ijrosi b-n ajralib turadi. Nur- xon (“Nurxon”), Alima (“Momo er”), Zulxumor (“Ravshan va Zulxumor”), oy- parcha (“No-dira”), Shirin (“Farhod va Shirin”), Xolisxon (“paranji sirla- ri”), Gulruh (“Navoiy Astrobod-da”), Obida (“Mavlono Muqimiy”), Hayotxon (“Farg’ona tong otguncha”), amal (“Guli siyoh”), Jamila (“Devona”), ona (“mangu Mash’al”, “to’ydan keyin tomosha”) kabi rollari b-n ta-nilgan. Xonanda sifati- da “Munojot”, “aylanay”, “aqli raso bo’lsin”, “Fi-g’onkim”, “Sevgi nido- si”, “qarshi gullari”, “Otmagay tong”, “Abdurahmonbegi” va b. mumtoz va za- monaviy qo’shiklarni ijro etgan. Fil- mlar (“Kelinlar qo’zg’oloni”, “o’zganing baxti”, “To’ylar muborak”, “karaxtlik”, “Mehrobdan chayon” kabi)da ham suratga tushgan.