Polien
Polien (lot. Polyaenus) (mil. 2-a.) — makedoniyalik yunon yozuvchisi. Rim- da advokat va notiq sifatida Shuhrat qozongan. 162 y. Parfiya b-n urush bosh- langanda “Strategmalar” (“harbiy hiylalar”) asarini yozib uni impera- torlar Mark Avreliy va Lusiy Verga bag’ishlagan. Bu asar 8 kitobdan ibo- rat bo’lib, Sarkar-dalar va b. shaxslar- ni urush paytidagi xatti-harakatlari to’g’risidagi misollarni o’z ichiga olgan. Asar yunon mifologiyasidan to rimli- klar (Avgustnn ham)gacha bo’lgan davrni qamrab oladi. P. ma’lumotlari yunon va Rim manbalariga asoslanib yozil – gan. O’rta Osiyo xalkdari orasida keng tarqalgan “Shiroq” afsonasi P.ning ushbu asari asosida Vu-judga kelgan.