Polikarbonatlar
Polikarbonatlar – karbonat kislota va digidroksibirikmalarning murakkab poliefirlari. Umumiy for- mulasi [—ORO—S (o)—]p, bu erda R — aromatik yoki alifatik qoldiq. Bu- lardan eng muhim sanoat ahamiyatiga ega bo’lganlari aromatik P. (makrolen, lek- san, yupilon, penlayt, sinvet, polikarbo- nat); 2,2 – bis-(4gidroksife-Nil) propan (bisfenol A) va bisfenol A b-n uning o’rinbosarlari 3,3′, 5,5′ — tetrabrom yoki 3,3′, 5,5′ — tet-rametilbisfenol A asosidagi aralash P. Bisfenol A (gomo- polikarbonat) asosidagi P. — amorf rangeiz poli-merlar; mol. m. (20-120)- 103, shaffof. Undan tayyorlanadigan 3 mm qalinlikdagi plastinka 88% yorug’likni o’tkaza-Di, dekstruktsiyalanish t-rasi 310-320°. P. fizik-mexanik xos- salari mol. m. kattaligiga bog’liq. Mol. m. 20 mingdan kichik bo’lgan P. mo’rt, mustahkamligi past, mol. m. 25 mingdan yukrri bo’lgan P. esa mexanik mustax- kamligi va elas-tikligi yuqori biolo- gik inert polimerlar. Ulardan tayyor- langan buyumlarni — 100 dan 135° gacha bo’lgan haroratlarda ishlatish mumkin. Sanoatda P. 3 xil usul b-n olinadi: 1) difenilkar-bonatni bisfenol A b-n vakuumda asoslar (mas, natriy metilat) ishtirokida 150-300° da qayta Eteri- fikasiyalash; 2) bisfenol A ni eritmada piridin ishtirokida 25° da fosgenlash; 3) bisfenol A ni fosgen b-n suvli ish- Qoriy muhitda va organik erituvchida* mas, metilenxlorid yoki tarkibida xlor bo’lgan erituvchilar ishtirokida fazala- raro polikondensasiyalash. P. avtomobilsozlikda, elektron va elektrotexnika sanoatida, maishiy va tibbiyot texnikasida, asbobsozlik va samolyotsozlikda, qurilishda konst- ruktsion material sifatida ishlatiladi. P.dan tayyorlangan oynalar qurilishda, issiqxonalarda, ko’p qavatli mustahkam shisha materiallar — trip-lekslar i.ch.da qo’llanadi.