Polikondensatlanish
Polikondensatlanish (Yun. polys — ko’p sonli va kondensasiya) — bi – yoki polifunktsional monomer va (yoki) oligomerlar ta’sirida poli-merlar sintez qilish jarayoni. Bunda polimer b-n bir qatorda suv, spirt, ammiak, vodo- rod galogenid, tegishli tuzlar va shunga o’xshash quyi molekulali moddalar ajra- lib chiqadi. P. reaktsiyasi gomopolikondensat- lanish va geteropolikondensatlanish- ga bo’linadi. Gomopolikondensatlanish da bir moddaning 2 xil funktsional guruhi o’zaro reaktsiyaga kirishib, po- limer hosil qiladi. Bunday reaktsiyaga aminokislotalar, amino-spirtlar va OK- sikislotalarning polikondensatlani- shi misol bo’la oladi (mas, aminokapron kislotadan poli-kaprolaktam hosil bo’lishi). Getero-polikondensatlanish reaktsiya-sida funktsional guruxlari bir xil bo’lgan bifunktsional guruxli 2 modda qatnashadi. Geksametilendiamin va adipin kislotadan poligeksameti- Len-adipinamid hosil bo’lishi bunday reaktsiyaga misol bo’la oladi. Bifunktsi- onal birikmalarning polikondensatla- nishi natijasida faqat chiziqsimon po- limerlar hosil bo’ladi. Bunday ja-rayon chiziqsimon polikondensatlanish deyi- ladi. Reaktsiyaga kirishayotgan monomer- larning birida 3 va undan ortiq funk- tsional guruxlar bo’lishi polikondensat- lanish reak-tsiyasini murakkablashtira- Di va to’rsimon hamda fazoviy tuzilish- ga ega bo’lgan makromolekulalar hosil qiladi. Bujarayon fazoviy polikon-den- satlanish deyiladi. P. jarayo-nining tabiat va texnikadagi ahamiya-ti katta. P. va unga o’xshash reaktsiyalar muhim bio- polimerlar — oqsillar, nuklein kislo- talar, tsellyuloza va h.k. biosintezining asosini tashkil etadi. P. reaktsiyalari yuqori molekulali birikmalar (poliamidlar, poliefir- lar, polikarbonatlar, fenol-formal- degid, mochevina-formaldegid, Mela- min-formaldegid smolalar, kremniy organik va maxsus xossali polimerlar) olishda qo’llanadi.