Polikristallar
Polikristallar – tartibsiz joylashgan va bir-biriga kirishib ket- gan ko’p sonli mayda kristallardan tash- kil topgan qattiq jismlar. Tabi-atda uchraydigan va sintez usuli b-n olina- digan ko’pgina materiallar (tog’jin- slari, metallar, krtishmalar va h.k.) P. hisoblanadi. P. xossalari uni tashkil qilgan kristall zarrachalarining xos- salari va o’lchamlariga (1 — 2-10~6 mkm dan bir necha mm gacha), ularning Orien- tasiyasi va chegaralarining tuzilishiga bog’liq. Agar kristall zar-ralari tar- tibsiz orientasiyalangan va ularning o’lchami P. o’lchamidan kichik bo’lsa, P.da monokristallarga xos anizotropiya xusu- siyati vujudga kelmaydi. Agar kristall zarrachalari ma’lum da-rajada Kristal- lografik orientasiyalangan bo’lsa, P. teksturlangan hisoblanadi va u anizo- tropiya xususiyatiga ega bo’ladi. Kristall zarrachalari chegaralarining qo’shilib ketishi P. ning fizik, ayniksa, mexanik xossalariga ta’sir qiladi; chegaralarda o’tkazuvchan elektronlarning sochilishi, disloka-tsiyalarnchnt susayishi va h.k. ku- zatiladi.