Polimerbeton
Polimerbeton, plastobeton — boglovchi moddalari organik poli- merlardan iborat tsementsiz beton. P. tayyorlashda bog’lovchi moddalar sifa-ti- da, asosan, termoreaktiv smolalar (mas, furan, to’yingan efir, karbamid, epok- Sid smolalar va b.), ba’zan termoplastik smolalar ishlatiladi. To’ldirgichlar (dag’al dispers to’ldirgichlar) sifati- da o’lchami 5 mm gacha bo’lgan kvars qumi, granit, bazalt toshlarining 50 mm gacha maydalangan bo’lakchalari qo’llanadi. Tayyor mahsulotlarning tannarxini va boglovchi moddalar sarfini kamayti- rish, xossalarini yaxshilash maksadida P. tarkibiga o’lchami 0,15 mm gacha bo’lgan mayda dispers to’ldirgichlar (barit, kvars, andezit va b. tog’jinslari uni), shuningdek, plastifikatorlar, eri-TUV- chilar va suyultirgichlar, g’ovak hosil qiluvchi moddalar (poroforlar), sirt faol moddalar, antipirenlar, bo’yagichlar va sh.k. kiritiladi. P. o’ta ogir (3,5-4 t/ m3), og’ir (2,2-2,4 t/m3), engil (1,6—1,8 t/ m3) va o’ta engil (0,4— 0,5 t/m3) xillar- ga bo’linadi. P.ning xossalari bog’lovchi moddalarning tu-riga, to’ldiruvchi va to’ldirgichlar fraktsion tarkibiga, ara- lashtirish va barcha komponentlarni zichlashtirish-ga, shuningdek, bog’lovchi moddalarning qotish darajasiga bog’liq. P. elektroliz vannalari, i.ch. korxo- nalari pollari uchun koshinlar, oqova suvlar uchun quvurlar, kimyoviy ta’sir- lar va emirilishga chidamli konstruk-tsion materiallar i.ch.da qo’llanadi. P.dan farqli o’laroq polimersement tarkibiga asosiy komponentlar sifa- tida 1:(0,005—0,2) nisbatda anorganik boglovchi material (tsement, gips, ohak) va polimer qo’shimchalar (suvda eruvchan epoksid, poliefir, karbamid smolalar, polivinilasetat, lateks va b.ning suv- dagi dispersiyasi), to’ldirgichlar (mas, bo’r, yanchilgan qum, talk) kiradi. Po- limersement, asosan, bino va inshootlar devorlarini suvashda qo’llanadi.